Chiqqan kuni xaridor oppoq libos egnida,
Ko’z yosh to’kib beozor ota-ona bag’rida. (x2)
Palaxmonning toshiday otiladi qizbola,
Farishtaning narxida sotiladi qizbola.

Ko’z yoshlaring uyingda qolib ketsin, qizgina,
Baxt yetaklab qo’lingdan olib ketsin, qizgina.
Bir suluv bo’l, bir suluv, alla, ertak aytgulik,
Qizbolani qilmasin orqasiga qaytgulik, orqasiga qaytgulik.

Suyganing yolg’izi, bori bo’lgin bir umr,
Sadoqatli, vafoli yori bo’lgin bir umr.
Bolali uy – bozorning egasi bo’l, egasi,
Tinch-totuv bir ro’zg’orning bekasi bo’l, bekasi. {x2}

Ko’z yoshlaring uyingda qolib ketsin, qizgina,
Baxt yetaklab qo’lingdan olib ketsin, qizgina.
Bir suluv bo’l, bir suluv, alla, ertak aytgulik,
Qizbolani qilmasin orqasiga qaytgulik.

Bir suluv bo’l, bir suluv, alla, ertak aytgulik,
Qizbolani qilmasin orqasiga qaytgulik, orqasiga qaytgulik.

Baxtli bo’lsin qizgina…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qizgina
Xonanda:
Guli Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2015