O`g`ling bo`lsa, polvon bo`lsin,
Yelkasida Vatani.
Qizing bo`lsa, bir gul bo`lsin,
Quchog`ida chamani.

Baxting bo`lsa, bir oy bo`lsin,
Nurlarida chulg`ongin.
Yoring bo`lsa, joning bo`lsin,
Tomirida uyg`ongin.

Yurting bo`lsa, bir bog` bo`lsin,
Bulbullari sayrasin.
Eling bo`lsa, tili bo`lsin,
Tillar sajda aylasin.

Noming bo`lsa, sharaf bo`lsin,
Har yaxshining dildoshi.
Diling bo`lsa, qo`shiq bo`lsin,
Musichaning sirdoshi.

O`g`ling bo`lsa, polvon bo`lsin,
Yelkasida Vatani.
Qizing bo`lsa, bir gul bo`lsin,
Quchog`ida chamani.
Baxting bo`lsa, bir oy bo`lsin,
Nurlarida chulg`ongin.
Yoring bo`lsa, joning bo`lsin,
Tomirida uyg`ongin. (x2)

Joning bo`lsa, sadqa bo`lsin
E’tiqoding ko`yida.
Oring bo`lsa, qilich bo`lsin
Xiyonatning to`yida.

O`g`ling bo`lsa, polvon bo`lsin,
Yelkasida Vatani.
Qizing bo`lsa, bir gul bo`lsin,
Quchog`ida chamani.
Baxting bo`lsa, bir oy bo`lsin,
Nurlarida chulg`ongin.
Yoring bo`lsa, joning bo`lsin,
Tomirida uyg`ongin. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatan
Xonanda:
Guli Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 1, 2016