Daryosiz qolasan bir kuni, ishon,
Bildiroq buloqni qadrlamasang.
Vatangado bo`lib ketishing aniq,
Tug`ilgan tuprog`ing avaylamasang.

Musulmon bo`lmaydi tinchlikni buzgan,
Panada tish qayrab, fitnalar tuzgan. (x2)
Masjid-u namozga yo`llaring ochiq,
Ayt axir vijdonan, senga nima kam? (x2)

Yashaylik shu go`zal, ko`rkam Vatan deb,
Vatanga fidodur jon bilan tan deb.

Ko`z-ko`z qilindi – yosh iymon sinadi,
Pulga sotildi yosh – vijdon sinadi. (x2)
Bolangni erkalab, onangni suyib,
Shukur qilib yursang, nima bo`ladi? (x2)

Yashaylik shu go`zal, ko`rkam Vatan deb,
Vatanga fidodur jon bilan tan deb. (x2)

Avvalo onadur har bitta ayol,
Fitnaga o`ranib, bo`lmasin uvol. (x2)
Yigitlar, asrangiz guldek go`zalni, {x2}
Xatarli yo`llarda unga nima bor?

Uyg`onishing kerak asli Vatan deb, {x2}
Vatanga fidodir jon bilan tan deb.
Kamini to`ldirib, borini asrab,
Yashaylik shu go`zal, ko`rkam Vatan deb. (x2)

Yashaylik shu go`zal, ko`rkam Vatan deb,
Vatanga fidodur jon bilan tan deb. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatan deb
Xonanda:
Guli Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 14, 2017