Bu kecha shunday kecha,
Nur to`la kunday kecha.
Sen mening yonimdasan,
Ajoyib afsunday kecha.

Shirin-shirin so`zing bilan,
Qora ohu ko`zing bilan,
Ko`zimga boq mani, olovda yoq mani,
Qalbim faqat o`zing bilan.

Ko`zimga boq mani, olovda yoq mani,
Qalbim faqat o`zing bilan.

Butun olam ichra sensan tanho,
Men uchun bebaho,
Yolg`iz yorim mening.
Sen bir dona, o`zgani demam aslo,
Dardlarimga davo,
Vafodorim mening.

Bu kecha – orzu kecha,
Baxt degan mavzu kecha.
Men sening yoningda
Bo`lsaydim mangu kecha.

Bir oz yonimda qol yana,
Xayollarimni ol yana,
Ko`zimga boq mani, olovda yoq mani,
Qalbim faqat o`zing bilan.

Ko`zimga boq mani, olovda yoq mani,
Qalbim faqat o`zing bilan.

Butun olam ichra sensan tanho,
Men uchun bebaho,
Yolg`iz yorim mening.
Sen bir dona, o`zgani demam aslo,
Dardlarimga davo,
Vafodorim mening. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu kecha
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 25, 2017