• Bir qayrilib, bir boqib
    Ayladingiz bizni rom,
    Endi bizda yo’q orom,
    Endi bizda yo’q orom. (x2)

    Yelka to’la sumbulmi,
    Sumbul-sumbul sochmi yo?
    Kiprik o’pgay qoshmi u,
    Bir juft qaldirg’ochmi yo?

    Aylaylikmi jonni sol,
    Beraylikmi boshni yo? (x2)

    Dilorom, Dilorom,
    Siz malika, biz g’ulom.
    Tig’lar tilsin ko’ksimni,
    Sizdan o’zgani desam! (x2)

    Yurak to’la dardingiz,
    Yarmi bo’lsin bizniki.
    Ko’ngil berdik, biz endi
    To o’lguncha sizniki. (x2)

    Davlatim yo’q qo’limda,
    Mungli torimdan bo’lak.
    Qo’shiqlarim, kuylarim,
    Ko’ngil zorimdan bo’lak.

    Suymasa ham, suysa ham,
    Sizdek yorimdan bo’lak. (x2)

    Dilorom, Dilorom,
    Siz malika, biz G’ulom.
    Tig’lar tilsin ko’ksimni,
    Sizdan o’zgani desam! (x2)