G'ulomjon Yoqubov - Kel kelgin yorim

G'ulomjon Yoqubov

Kel, kelgin yorim

Diydoring ko’rsam bas, dilim quvonar,
Oh chekib ishqingda vujudim yonar. (x2)
Bunchalar shirinsan, go’zal bebaho,
Ta’rifga so’z topmay qolaman goho. (x2)

Kel, kelgin yorim, olsang olgin jonim,
Kel, kelgin jonim, olsang olgin jonim. (x2)

Jalb etmay qo’ymaydi qaddu-kamoning,
Oydanda go’zaldir husnu-jamoling.
Atayin o’tasan yonimdan kulib,
Parvoying falakda, dardimni bilib.

Atayin o’tasan yonimdan kulib-ey,
Parvoying falakda, dardimni bilib.
Dardimni bilib, dardimni bilib-ey.

Kel, kelgin yorim, olsang olgin jonim,
Kel, kelgin jonim, olsang olgin jonim. (x2)

Diydoring sog’inib, to’ymaydi ko’zim,
Qaniydi, vaslingga yetolsam o’zim.
Sog’inching azobi ko’rsatar kuchin,
Yaratgan Alloh seni men uchun.

Sog’inching azobi ko’rsatar kuchin,
Yaratgan Alloh seni men uchun.
Seni men uchun, seni men uchun-ey.

Kel, kelgin yorim, olsang olgin jonim,
Kel, kelgin jonim, olsang olgin jonim.
Kel, kelaqol jonim, olsang olaqol jonim,
Kel, kelgin jonim, olsang olgin-ey jonim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kel, kelgin yorim
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 6, 2016