G'ulomjon Yoqubov - Kulib chiqsang uyingdan

G'ulomjon Yoqubov

Kulib chiqsang uyingdan

Gul faslidir, bog’imga
Kel, nigorim, sen o’zing.
Rang talashur go’zallik,
Unda borim sen o’zing.

Zebo erur qizil gul
G’uncha bargin yozganda.
Qizil guldan afzalroq,
Gul uzorim sen o’zing.

Qizil guldan afzalroq,
Gul uzorim sen o’zing.

Mehri ishqing ta’rifin
Kuylab doston ayladim. (x2)
Kuylarimning chashmasi,
Yurak torim sen o’zing.

Kulib chiqsang uyingdan,
O’rgilay, deb bo’yingdan,
Shoshilaman yo’lingga,
Intizorim sen o’zing. (x2)

Gul hayotning gashtini
Topdim mehru vafodan,
Umrim bo’yi sen bilan,
Vafodorim sen o’zing, dod-ey.

Birga yursak bog’ aro,
Gullar seni tabriklar.
Sevinch to’lgan dilimda
Navbahorim sen o’zing.

Kulib chiqsang uyingdan,
O’rgilay, deb bo’yingdan,
Shoshilaman yo’lingga,
Intizorim sen o’zing. (x2)

Shoshilaman yo’lingga,
Intizorim sen o’zing. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kulib chiqsang uyingdan
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 10, 2015