• Nozli sanam, ey sanam,
    Solding dilga alanga.
    Kulishlaringni ko`rib,
    Dilim ketdi-da sanga.

    Oshiqlaring kuydirib,
    Suymaganni suydirib,
    Nozli ishvalar qilib,
    Nozlanasan-da manga.

    Manga-manga, yor manga,
    Nozlanasan-da manga.
    Qalam qoshlaring uyib,
    Solding dilga alanga.

    Manga-manga, yor manga,
    Shirin nozlaring manga.
    Guldek qomating ko`rib,
    Dilim ketdi-da sanga.

    Asir aylading, ey yor,
    Gulbadansan-da gulyor,
    Dilim aylamay abgor,
    Rahm aylagin manga.

    Sensiz menga, go`zal yor,
    Yorug` dunyo bo`lar tor.
    Visolingga aylab zor,
    Sitam aylama manga.

    Manga-manga, yor manga,
    Nozlanasan-da manga.
    Qalam qoshlaring uyib,
    Solding dilga alanga.

    Manga-manga, yor manga,
    Shirin nozlaring manga.
    Guldek qomating ko`rib,
    Dilim ketdi-da sanga.

    Ey gulbadan, gulbadan,
    Go`zalsan-da hammadan. (x2)
    Ko`zing uzolmay mandan,
    Jilmayasan-da manga.

    Shunchalik-da nazokat,
    Shunchalik-da latofat.
    Kulgichlaring qiyomat,
    Ko`zim tegmasin sanga.

    Manga-manga, yor manga,
    Nozlanasan-da manga.
    Qalam qoshlaring uyib,
    Solding dilga alanga.

    Manga-manga, yor manga,
    Shirin nozlaring manga.
    Guldek qomating ko`rib,
    Dilim ketdi-da sanga.