G'ulomjon Yoqubov - Noz qilasan yor

G'ulomjon Yoqubov

Noz qilasan yor

Jamoling ko`rgim kelar,
Ahvoling bilgim kelar, (x2)
Yoningga borgim kelar,
Noz qilasan yor, noz qilasan yor. {x2}

Ishqingda kuydim netay,
Hajrni tuydim netay, (x2)
Jonimdan suydim netay,
Noz qilasan yor, noz qilasan yor. {x2}

Seni sog`inib dildor,
Tunlar o`tadi bedor, (x2)
Yoningga borsam nega
Noz qilasan yor, noz qilasan yor. {x2}

Sen mag`rur, men bechora,
Qolmadi hech bir chora, (x2)
Qalbimni etding pora,
Noz qilasan yor, noz qilasan yor. (x2)

Ishqim yolg`on emas, chin,
Qo’shiq bitgum sen uchun, (x2)
Sina sevgimning kuchin,
Noz qilasan yor, noz qilasan yor. (x2)

Noz qilasan yor, noz qilasan yor…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Noz qilasan yor
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 27, 2016