Bir nigoh tashladi,
Baxt kuyin boshladi.
O’ynatib qoshlarin,
Qalbimni g’ashladi.

Go’zallardan go’zal,
Gullar ichra kezar.
Sochlarin jilosi
Mening dardim bezar.

Uchradim qaydanam,
Tengsizdir oydanam.
Buncha sho’x bo’lmasa,
Nozlari sho’x soydanam.

Nozlari, nozlari,
Suydirar nozlari.
Nozlari, nozlari,
Kuydirar nozlari. (x2)

Kuydirar bunchalar,
Sog’inchli kechalar.
Oshiqlarga to’la
Siz yurgan ko’chalar.

Qoshlaringiz kamon,
Dilni o’rtar yomon.
Dasta gullar tutsam,
Sevgimdan bu nishon.

Uchradim qaydanam,
Tengsizdir oydanam.
Buncha sho’x bo’lmasa,
Nozlari sho’x soydanam. (x2)

Nozlari, nozlari,
Suydirar nozlari.
Nozlari, nozlari,
Kuydirar nozlari. (x2)

Yo’llaringiz kutib,
Ishqning dardin yutib,
Sizga boqsam, o’zimni
Qo’ydim goh unutib.

Vaslingizga shaydo
Qildingiz dilrabo.
Sizni mendan sira
Ayirmasin Xudo.

Uchradim qaydanam,
Tengsizdir oydanam. (x2)
Buncha sho’x bo’lmasa,
Nozlari sho’x soydanam.

Nozlari, nozlari,
Suydirar nozlari.
Nozlari, nozlari,
Kuydirar nozlari. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nozlari
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 27, 2016