• Yor ekansiz, o`ylasam,
    Dildor ekansiz, o`ylasam. (x2)
    Jonga orom, yaxshi-ya,
    Siz bor ekansiz, o`ylasam. (x2)

    Siz hayotim bog`i-rog`i,
    Siz ko`ngilning shamchirog`i. (x2)
    Ishqimiz ko`yida siz
    Bedor ekansiz, o`ylasam. (x2)

    Yor ekansiz, o`ylasam,
    Dildor ekansiz, o`ylasam.
    Jonga orom, yaxshi-ya,
    Siz bor ekansiz, o`ylasam.

    Jonga orom, yaxshi-ya,
    Siz bor ekansiz, o`ylasam.

    Baxtu taxtim siz bilan,
    Paymona ahdim siz bilan.
    Ishqimiz faslidagi
    Bahor ekansiz, o`ylasam.

    Mendagi jon o`zingiz,
    Ham yaxshi janon o`zingiz. (x2)
    Siz men uchun har nafas
    Darkor ekansiz, o`ylasam. (x2)

    Yor ekansiz, o`ylasam,
    Dildor ekansiz, o`ylasam. (x2)
    Jonga orom, yaxshi-ya,
    Siz bor ekansiz, o`ylasam. (x2)

    Yor ekansiz, o`ylasam,
    Dildor ekansiz, o`ylasam.