G'ulomjon Yoqubov - O'zbekiston qo'shiq matni, lyrics

G'ulomjon Yoqubov

O’zbekiston

Bayram keldi yurtimga, jilolar yangi,
Dillarda zavq to`ldirgan sadolar yangi.
Chor tarafda kuy-qo`shiq, ma’nolari yangi,
Gulyuz go`zal qizlarning-ey yallolari yangi.

Yangi, yangi, yangi, taronamiz yangi, {x2}
O`zbekiston gulxona, koshonamiz yangi. {x2}

Yigirma olti yoshda hurligimiz yoshi,
To`ylar to`yga ulanar, go`zal Toshkent to`yboshi.
Viloyatlar navosi, taronamiz yangi,
Orzularga chorlagan-ey zamonamiz yangi.

Yangi, yangi, yangi, taronamiz yangi, {x2}
O`zbekiston gulxona, koshonamiz yangi. {x2}

Ko`rmaganlar O`zbekiston chiroyini bir ko`rsin,
Tangri bergan to`rt fasl inog`ini bir ko`rsin. (x2)
Tinchliksevar yurtimning imkonlari yangi,
Yuragida jo`sh urgan-ey dunyolari yangi.

Yangi, yangi, yangi, taronamiz yangi, {x2}
O`zbekiston gulxona, koshonamiz yangi. {x2}

O`zbekiston gulxona, koshonamiz yangi…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2017