G'ulomjon Yoqubov - Qalbimni qaytar

G'ulomjon Yoqubov

Qalbimni qaytar

Sen ketding kuzda, qoldim kuzatib,
Yolg’iz bir o’zim, (x2)
Omon qayt dedim, qo’lim uzatib,
Ko’zingda ko’zim.

O’zim qoldimu,
Yuragim saning izmingda ketdi, (x2)
Orzu-umidim,
Tilagim saning ko’zingda ketdi.

Qaytar chog’ingni kutdim intizor,
Ko’zim to’rt bo’lib, ko’zim to’rt bo’lib.

Shahardan qaytding, shahardan qaytding,
Ayni navbahor, diling yot bo’lib,
Qalbing yot bo’lib.

O’zing o’sha-yu, ko’zing o’sha-yu,
Yuraging boshqa,
Qalbingga asta nazar solsam,
O’xshaydi toshga.

Lekin sen mening, lekin sen mening
Qalbimni qaytar, qaytar o’zimga,
Qaytar o’zimga.

So’ngra ko’rinma, ey sevgi sotar,
Zinhor ko’zimga.

Qalbimni qaytar, qaytar o’zimga,
Qaytar o’zimga…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qalbimni qaytar
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2015