• G'ulomjon Yoqubov - Sen tabassum qilganda jonim

    G'ulomjon Yoqubov

    Sen tabassum qilganda

    Osmon juda kengayib ketar,
    Har ne qayg’u jilmayib ketar, (x2)
    Ko’nglim dunyoning ko’ngliga yetar,
    Sen tabassum qilganda, jonim. {x2}

    “So’zlari bol” degan sari
    Yondiraverma mani,
    “Sevib qoldim” degan sari
    Kuydiraverma mani. (x2)

    Raqsga tushib go’zal shabboda,
    Yuraklarga suzadi boda. (x2)
    Husning bo’lar yana ziyoda,
    Sen tabassum qilganda, jonim. {x2}

    “So’zlari bol” degan sari
    Yondiraverma mani,
    “Sevib qoldim” degan sari
    Kuydiraverma mani. (x2)

    G’uborlarim to’kilar dildan,
    Chiroylisan hammadan chindan. (x2)
    Yuzing farqi qolmaydi dildan,
    Sen tabassum qilganda, jonim. {x2}

    “So’zlari bol” degan sari
    Yondiraverma mani,
    “Sevib qoldim” degan sari
    Kuydiraverma mani. (x2)