Tunlar kelmaydi uyqu,
Dil azobim yolg`izlik.
Hijron eng og`ir qayg`u,
Qiynar meni sensizlik. (x2)

Tani-jismim jongacha,
So`nggi lahza, ongacha,
Bilmayman qachongacha,
Qiynar meni sensizlik. (x2)

Qa’rida qaro muhabbat,
Motamsaro muhabbat,
Hasratlarim ming qavat –
Qiynar meni sensizlik.

Hasratlarim ming qavat –
Qiynar meni sensizlik.

Tunlar kelmaydi uyqu,
Dil azobim yolg`izlik.
Hijron eng og`ir qayg`u,
Qiynar meni sensizlik.

Tani-jismim jongacha,
So`nggi lahza, ongacha,
Bilmayman qachongacha,
Qiynar meni sensizlik. (x2)

Yo`q huzur-halovatim,
Shu mening nadomatim,
Ishqqa yo`q adovatim,
Qiynar meni sensizlik. (x2)

Tunlar kelmaydi uyqu,
Dil azobim yolg`izlik.
Hijron eng og`ir qayg`u,
Qiynar meni sensizlik. (x2)

Tani-jismim jongacha,
So`nggi lahza, ongacha,
Bilmayman qachongacha,
Qiynar meni sensizlik. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sensizlik
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 3, 2016