G'ulomjon Yoqubov - Shirinim, shakarim

G'ulomjon Yoqubov

Shirinim-shakarim

Shirinim, shakarim, asalim, dilbar,
Yolg`izim, azizim, go`zalim, dilbar.
Shirinim, shakarim, asalim, dilbar,
Yolg`izim, azizim, go`zalim, dilbar.

Bir dona lolani tutib qo`lingga,
Talpingancha turding, shodliging toshdi.
Nafis-nafis hislar keldi ko`nglingga,
Oq tulpor xayoling qaylarga uchdi?

Shirinim, shakarim, asalim, dilbar,
Yolg`izim, azizim, go`zalim, dilbar.
Shirinim, shakarim, asalim, dilbar,
Yolg`izim, azizim, go`zalim, dilbar.

Bir qo`shiq kuyla-ki, oltin tovushlar
Lolasiz qirlarni lolali qilsin.
Nolang obi hayot, sepsin xovushlar,
Dardning ruboblarin nolali qilsin.

Shirinim, shakarim, asalim, dilbar,
Yolg`izim, azizim, go`zalim, dilbar.
Kuylarim, qo`shig`im, g`azalim, dilbar,
Avvalim, oxirim, azalim, dilbar.

Shirinim, shakarim, asalim, dilbar,
Yolg`izim, azizim, go`zalim, dilbar.

Shirinim, shakarim, shirinim, shakarim… (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shirinim-shakarim
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 21, 2015