G'ulomjon Yoqubov - Shohista qiz

G'ulomjon Yoqubov

Shohista qiz

Maftun etib dillarni,
Gullarni, sunbullarni, (x2)
Bog’lab nozik dillarni
O’ynab kelgin ohista. (x2)

Shohista qiz, Shohista,
Shohistajon, Shohista,
O’ynab kelgin ohista, (x2)
O’ynab yurgin ohista.

Sen tengi yo’q durdona,
Qizlar ichra yagona, (x2)
Senga qayg’u begona,
O’ynab kelgin ohista.
Senga qayg’u begona,
O’ynab yurgin ohista.

Shohista qiz, Shohista,
Shohistajon, Shohista,
O’ynab kelgin ohista, (x2)
O’ynab yurgin ohista.

Davralarda bor bo’lgin,
Sen Erkinga yor bo’lgin, (x2)
Vafoli dildor bo’lgin,
O’ynab kelgin ohista. (x2)

Shohista qiz, Shohista,
Shohistajon, Shohista,
O’ynab kelgin ohista, (x2)
O’ynab yurgin ohista. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shohista qiz
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 3, 2015