G'ulomjon Yoqubov - Umr o'tar vaqt o'tar

G'ulomjon Yoqubov

Umr o`tar, vaqt o`tar

Umr o`tar, vaqt o`tar,
Xonlar o`tar, taxt o`tar, (x2)
Omad o`tar, baxt o`tar, {x2}
Lekin hech chiqmas yodimdan,
Yodimdan, yodimdan, yodimdan
Sening kulishlaring, sening yurishlaring. {x4}

Bahorda bog`lar go`zal,
Qor tushsa tog`lar go`zal, (x2)
Bu yoshlik chog`lar go`zal, {x2}
Lekin hech chiqmas yodimdan,
Yodimdan, yodimdan, yodimdan
So`zsiz qarashlaring, holim so`rashlaring. {x4}

Umr – yo`l, qayrilish ko`p,
Uchrashish, ayrilish ko`p, (x1+x1)
Unutish, aytilish ko`p, {x2}
Lekin hech chiqmas yodimdan,
Yodimdan, yodimdan, yodimdan
Sening kulishlaring, sening yurishlaring. {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umr o`tar, vaqt o`tar
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2015