G'ulomjon Yoqubov - Vatan abadiy

G'ulomjon Yoqubov

Vatan abadiy

Baxrayin suvlariga chaydim yuzimni,
Nasimlar esdilar iliq, araviy.
Bir osmon to’ldirib keldi ko’ksimni,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Kim axir bu yorug’ dunyodan o’tmagan,
Kim axir bir kuni aso tutmagan?
Tandan jon ketgay, lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Ne zotlar o’tdilar Vatandin ayro,
Sevinchi savdoyu sog’inchi sahro.
Ko’ksimni to’ldirib keldi bir daryo,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Kim axir bu yorug’ dunyodan o’tmagan,
Kim axir bir kuni aso tutmagan?
Tandan jon ketgay, lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Ayb emas avvaliy va yo soniymiz,
Agarki insonmiz vale sonemiz.
Barchamiz ushbu kun turkistoniymiz,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Kim axir bu yorug’ dunyodan o’tmagan,
Kim axir bir kuni aso tutmagan?
Tandan jon ketgay, lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatan abadiy
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2015