G'ulomjon Yoqubov - Vatanni sevmoq bu

G'ulomjon Yoqubov

Vatanni sevmoq bu

Vatanni sevmoq bu – ko’ksiga urib,
Dardsiz kimsalarga she’r o’qimoqmas.
Og’izni to’ldirib, har bir davrada
Quruq savlatini ko’z-ko’zlamoqmas.

Vatanni sevmoq bu – yurtidan qochib,
Xorijda berkinib, tosh otish emas.
Buzg’unchi to’daga sirlarin ochib,
Xiyonatga botib, el-yurt sotish emas.

Vatanni sevmoq bu – sadoqat bilan
Bir hovuch tuprog’in ko’ziga surtmoq,
Tinchlik degan ne’matning qadriga yetmoq,
Har soniya, har on ogohda turmoq.

Vatanni sevmoq bu – chetga ketishmas,
Qozonni qaynatish bahonasida.
Yurt haqida yolg’on qasam ichishmas,
Xor bo’lib qaytishmas nihoyasida.

Vatanni sevmoq bu – oddiy so’z bilan
Aytganda – otangni, onangni sevmoq.
Ko’rib bu hayotni xolis ko’z bilan,
Yoringni avaylab, bolangni sevmoq. {x2}

Vatanni sevmoq bu – sadoqat bilan
Bir hovuch tuprog’in ko’ziga surtmoq,
Tinchlik degan ne’matning qadriga yetmoq,
Har soniya, har on ogohda turmoq.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatanni sevmoq bu
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 7, 2015