Oq ko`ylagim bor deysan, ajab-ajab,
Nega kiyib yurmaysan, ajab-ajab?
Sevgan yorim bor deysan, ajab-ajab,
O, nega olib yurmaysan, ajab-ajab? (x2)

Ajab-ajab, ey, yana ajab,
O, nega olib yurmaysan-ey, ajab-ajab?
Ajab-ajab, voy, yana ajab,
O, nega olib yurmaysan-ey, ajab-ajab?

Anov turgan bog`mikan, ajab-ajab,
Tevaragi bormikan, ajab-ajab.
Shu bog`larning ichida, ajab-ajab-ey,
O`zimning yorim bormikan-ey, ajab-ajab?

Ajab-ajab, voy, yana ajab,
O`zimning yorim bormikan-ey, ajab-ajab?
Ajab-ajab, ey, yana ajab,
O`zimning yorim bormikan-ey, ajab-ajab?

Atlas ko`ylak yengi tor-o,
Yeng ichida xati bor-o, (x2)
Maning sevgan yorimning
Yuragida dardi bor, ajab-ajab. (x2)

Ajab-ajab, voy, yana ajab,
Maning yorim bormikan, ajab-ajab?

Oq ko`ylagim bor deysan, ajab-ajab,
Nega kiyib yurmaysan-ey, ajab-ajab?
Sevgan yorim bor deysan, ajab-ajab,
Nega birga yurmaysan-ey, ajab-ajab?

Ajab-ajab, voy, yana ajab,
Maning yorim bormikan, ajab-ajab?
Ajab-ajab, ey, yana ajab,
O`zimning yorim bormikan-ey, ajab-ajab?

O, o`zimning yorim bormikan-ey, ajab-ajab?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ajab-ajab
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 28, 2016