• “Hay Layli” desangchi, hayallamay kelsangchi,
    Shunchalar bo`larmu, voy biroz insof qilsangchi. (x2)
    Qilma ko`p bahona, gap topma xona-xona,
    Kutdim yo`llaring qarab manda bunda yona-yona. (x2)

    Aldama mani yana va yana, yanada yayrab,
    Aldama mani yana atay-ataylab.
    Aldama mani yana jonim avaylab,
    Aldama mani, aldama mani.

    Hay, daydimasangchi, yolg`on haydamasangchi,
    Va’dalar berib-berib, endi aynimasangchi.
    “Besh-olti daqiqa” deganlaring antiqa,
    Besh-olti soat o`tar, kutarman shu tariqa.

    Aldama mani yana va yana, yanada yayrab,
    Aldama mani yana atay-ataylab.
    Aldama mani yana jonim avaylab,
    Aldama mani, aldama mani.

    Bergin bir xabar, kelmasang agar,
    Nahot senga baribir, bo`lsa shu qadar?
    Ko`zlaring kular, aldamas ular,
    Ko`zlaringda yolg`oning, tavba, alhazar.

    Aldama mani yana va yana, yanada yayrab,
    Aldama mani yana atay-ataylab.
    Aldama mani yana jonim avaylab,
    Aldama mani, ey, aldama mani.