Gulsanam Mamazoitova - Aytayinmi yangisidan qo'shiq matni, lyrics

Gulsanam Mamazoitova

Aytayinmi yangisidan

Yurak zavqdan to`lib ketdi,
Birdan ilhom kelib ketdi,
Manga qo`shiq berib ketdi-yey,
Aytayinmi-yo yangisidan?

Manga qo`shiq berib ketdi-yey,
Aytayinmi, voy-voy, yangisidan?

Oshiqlarning ohin qo`shib,
Gul qizlarning nozin qo`shib, (x2)
Shirin so`zga sozim qo`shib,
Aytayinmi-yey yangisidan?

Shirin so`zga sozim qo`shib-ey,
Aytayinmi, voy-voy, yangisidan?

Sevgi dardi hammada bor,
Imo qilsam, sayraydi tor. (x2)
Mehrim sizga qilib izhor,
Aytayinmi-yey yangisidan? (x2)

Chetda qarab turmaysizmi,
O`ynang desam, o`ynaysizmi? (x2)
Nolamga mast qilib sizni,
Aytayinmi yangisidan? (x2)

Shunday fayzli davralarda,
Omon-omon pallalarda, (x2)
Farg`onacha pardalarda-yey
Aytayinmi-yey yangisidan? (x2)

Yurak zavqdan to`lib ketdi,
Birdan ilhom kelib ketdi,
Manga qo`shiq berib ketdi-yey,
Aytayinmi-yo yangisidan?

Manga qo`shiq berib ketdi-yey,
Aytayinmi, voy-voy, yangisidan?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aytayinmi yangisidan
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 2, 2018