Sezmasang, yo`q nazarim,
Boqmasang, ko`ngil yarim.
Sen deya yonishlarim
Bilmading, bexabarim.

Gohi yetmaydi havo,
Yo`qmi dardimga davo?
Shundayin ozorlaring
Ko`rdingmi menga ravo?

Yor, nega yorim deding mani?
Qalbimda borim deding mani?
Endi beparvo nigohlarim,
Jonim, yuragim yeding mani. (x2)

U desam, yoqmadi-da,
Bu desam, yoqmadi-da,
Ko`zlarim bir senga zor,
Ko`zlaring boqmadi-da.

Qilma so`zlaring taxir,
Mehringga zorman axir,
Sabrimni, yor, sinama,
Bardoshim tugar axir.

Yor, nega yorim deding mani?
Qalbimda borim deding mani?
Endi beparvo nigohlarim,
Jonim, yuragim yeding mani. (x2+x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bexabarim
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 18, 2016