Boshimdagi ro`molim, chaman ichra,
Gul shoxiga ilindi, chaman ichra.
Kimni tutgay uvolim, chaman ichra, bog` ichra,
Yolg`izligim bilindi, chaman ichra. {x2}

Bog`da bulbul sayraydi, chaman ichra,
Shom bo`lganga o`xshaydi, chaman ichra.
Yuragim jig`illaydi, chaman ichra, bog` ichra,
Yor kelganga o`xshaydi, chaman ichra. {x2}

Hovlingizda bir bodom, chaman ichra,
Bizlar musofir odam, chaman ichra.
Bizni musofir qilgan, chaman ichra, bog` ichra,
Shahringizda bir odam, chaman ichra.

Shahringizda bir odam, chaman ichra…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chaman ichra
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 10, 2015