Ey jon, dilozor etmagin,
Mehringga ko`p zor etmagin. (x2)
Yo`llaringga ko`zlarimni
Bunchalar intizor etmagin. (x2)

Ishqdan yurak ojizgina,
Sani deydi yolg`izgina.
Mani qiynab nima foyda?
Kelgin yonimga tezgina.

Ey jon, dilozor etmagin,
Mehringga ko`p zor etmagin.
Yo`llaringga ko`zlarimni
Buncha intizor etmagin. (x2)

Yorim desam, jonim desam,
Dardimga darmonim desam,
Malikam, dermusan mani,
Sani man sultonim desam? (x2)

Kutgin maning bir qarashim,
Ko`zlari olov, otashim.
O`zgalarga imo qilib,
Keltirmagin maning g`ashim.

Ey jon, dilozor etmagin,
Mehringga ko`p zor etmagin.
Yo`llaringga ko`zlarimni
Buncha intizor etmagin. (x2)

Kelishlaringdan o`rgilay,
O`zim parvonalar bo`lay.
Buncha o`tli nigohlaring,
Qarshingda qilma noqulay. (x2)

Kutgin maning bir qarashim,
Ko`zlari olov, otashim.
O`zgalarga imo qilib,
Keltirmagin maning g`ashim.

Ey jon, dilozor etmagin,
Mehringga ko`p zor etmagin.
Yo`llaringga ko`zlarimni
Buncha intizor etmagin. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey jon
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 15, 2016