Afsonalar, sahrolar bag’rida,
Dilporalar, hijronlar qasrida,
Hayronalar aylar meni.
Sarsonalar etmagin izingdan,
Begonalar aylama o’zingdan,
Ovoralar etib meni.

Layliman, sen esa Majnunim,
Layliman, tunlari mahzunim.
Layliman, yor, vasling orzuim,
Layliman, kel endi, Majnunim.

Esar shamol, go’yoki nafasing,
Shirin xayol umidli qafasing,
Yonimda bo’l, yiroq ketma.
Armonlarga berma, yor, sen meni,
Nigohlarga yashirgan sevgimni,
Orzulardan olis etma.

Layliman, sen esa Majnunim,
Layliman, tunlari mahzunim. (x2)
Layliman, yor, vasling orzuim,
Layliman, kel endi, Majnunim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Layliman
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 6, 2016