Bog’imdagi bir qizil gul uzildi, so’ldi,
Boshqa bog’bon qo’llarida hid sochar bo’ldi.
Gulim senga boqolmadim, mendan ranjima,
Yangi bog’da bir umr qol, hech qachon so’lma.

Meni, meni unutma, meni, meni unutma,
Gulim, meni unutma.

Sen qoldirgan bog’ni endi tikonlar bezar,
Xushbo’y hiding ketib bunda ilonlar kezar.
Qahratonga mahkum bo’ldim, bo’ronli kunga,
Senda esa hamon bahor, shabboda esar.

Meni, meni unutma, meni, meni unutma,
Gulim, meni unutma.

Huvillagan boqqa dardim to’kib kuylasam,
Qo’shni bog’da erka bulbul shodon kuylaydi.
Sendan qolgan yaproqlarni silab yig’lasam,
Qo’shni bog’bon jonli bo’ying tuyib quvnaydi.
Sendan qolgan yaproqlarni silab yig’lasam,
Qo’shni bog’bon jonli bo’ying tuyib quvnaydi.

Meni, meni unutma, meni, meni unutma,
Gulim, meni unutma. (x2)
Meni unutma.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meni unutma
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 4, 2014