• Hijron yukin ketding tashlab mendan kulib,
    Otash olgan vujudimni sen muzlatib.
    Lekin sevging cho’g’ qalbimda qolmas so’nib,
    Muhabbatim, qo’yma meni yolg’izlatib, yolg’izlatib.

    Netay dilim bo’laklarga bo’lolmadim,
    Yara bo’lgan yuragimni berolmadim,
    Osmoningda oydek tanho bo’lolmadim, bo’lolmadim,
    Muhabbatim, qo’yma meni yolg’izlatib.

    Dovul ezgan maysa bugun jismu tanim,
    Bargdan tomgan shabnam ekan ul suyganim,
    Holim ko’rib do’stim kuyib, kuldi g’anim, kuldi g’anim,
    Muhabbatim, qo’yma meni yolg’izlatib, yolg’izlatib,
    Jon sevgilim, ketma meni zor qaqshatib.

    Muhabbatim keng osmonning oyi bo’ldi,
    Qirq’oqlarin erkalagan soyi bo’ldi,
    Endi esa aytmaganman sevgim so’ndi, sevgim so’ndi,
    Muhabbatim, qo’yma meni yolg’izlatib, yolg’izlatib,
    Jon sevgilim, ketma meni zor qaqshatib.

    Muhabbatim hayotimga yor ekansan,
    Yuragimga vafo gulim sen ekansan,
    Hayot tirik dunyoda ishq bor ekansan, bor ekansan,
    Muhabbatim, qo’yding meni kuy kuylatib,
    Muhabbatim, qo’yding meni kuy kuylatib.
    Muhabbatim, ketma meni zor yig’latib.