• Sochlarimni silaydi, kulib-kulib qaraydi,
    Erkalashim so`raydi qizim, onam qizim.
    Ginalarga qaramay, biror yupanch tilamay,
    Mehrin berar ayamay qizim, onam qizim.

    Quyosh kular yuzida, mehr to`la ko`zida,
    Biram shirin o`zi-da, qizim, ona qizim.
    Quyosh kular yuzida, mehr to`la ko`zida,
    Biram shirin o`zi-da, qizim, ona qizim.
    Qizim, ona qizim.

    Duo qilar qo`l ochib, ishlarimga yo`l ochib, {x2}
    Yo`llarimga baxt sochib, qizim, jonim qizim.
    Yo`llarimga baxt sochib, qizim, ona qizim.

    Quyosh kular yuzida, mehr to`la ko`zida,
    Biram shirin o`zi-da, qizim, ona qizim.
    Quyosh kular yuzida, mehr to`la ko`zida,
    Biram shirin o`zi-da, qizim, ona qizim.
    Qizim, ona qizim.

    Pokiza yurak bo`lgin, eng shirin tilak bo`lgin,
    Shu yurtga kerak bo`lgin, qizim, onam qizim. {x2}
    Quyosh kular yuzida, mehr to`la ko`zida,
    Onasining o`zi-da, qizim, ona qizim.

    Quyosh kular yuzida, mehr to`la ko`zida,
    Onasining o`zi-da, qizim, ona qizim.
    Qizim xuddi o`zim.