• Gulsanam Mamazoitova - Oydan tushgan emas

    Gulsanam Mamazoitova

    Oydan tushgan emas

    Mevasin yeb bog’ini ham so’rab qo’ygin,
    Kerak bo’lsa, bog’ atrofin o’rab qo’ygin,
    Nihollaring kokillarin tarab qo’ygin, tarab qo’ygin.
    Bu binolar qaydan bino bo’ldi ekan?
    Kim bobolar qaddin raso qildi ekan?
    Nechun bizni butun dunyo bildi ekan, bildi ekan?

    Hech kimni baxt o’z-o’zidan quchgan emas,
    Qush ham ko’kka mashaqqatsiz uchgan emas.
    Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar
    Oydan tushgan emas, ko’kdan tushgan emas.

    Oydan tushgan emas, ko’kdan tushgan emas,
    Ozodlik ham, obodlik ham o’zi kelmas.
    Oydan tushgan emas, ko’kdan tushgan emas,
    Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar.

    Ertaklarda mo’jizalar sehr sabab,
    Gulu giyoh ko’kargaydir mehr sabab,
    Tafakkurning hurligiga nedir sabab, nedir sabab?
    O’n sakkizga kirgan yigit so’ziga boq,
    Yuziga boq, olov yongan ko’ziga boq,
    Bu eng buyuk xazinadir, do’stim biroq, do’stim biroq.

    Shijoatning, jasoratning mahsuli bu,
    Irodaning, zakovatning mahsuli bu.
    Ulug’ inson tanlab olgan haq yo’li bu,
    O’zbekiston, bundayin baxt o’zi kelmas,
    Oydan tushgan emas, ko’kdan tushgan emas.

    Oydan tushgan emas, ko’kdan tushgan emas,
    Ozodlik ham, obodlik ham o’zi kelmas.
    Oydan tushgan emas, ko’kdan tushgan emas,
    Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar. (x2)

    Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar… {x2}