Gulsanam Mamazoitova - O'zbek degan nom

Gulsanam Mamazoitova

O’zbek degan nom

Bir to’kilib, tag’in qomat tikladik,
Yelkalarga millat yukin yukladik.
Ozod vujudlarda ruh bo’ldi bino,
Binolar o’rnida davlat tikladik.
Qay kun tildan o’chdi qadrdon kalom,
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom.

Boshin ne toshlarga urdi bu diyor,
Necha vayron bo’ldi, qurdi bu diyor.
Toj Mahal me’mori, elning murodi,
Imom Buxoriylar yurti bu diyor.
Bizni yo’qlaganga bizdan ham salom,
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom.

Bizni yo’qlaganga bizdan ham salom,
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom.

O’zbek degan nom, o’zbek degan nom,
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom. (x2)

Vatan, aylanayin tuproqlaringdan,
Bog’da gul, tog’dagi giyohlaringdan.
Boqsang, nur yog’ilar nigohlaringdan,
Ayro tushmam, aslo quchoqlaringdan.
Asqotdi sen o’zing qurgan zuvolam,
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom.

Bolang ahvolidan ogoh bo’l o’zing,
Asra, asraganga panoh bo’l o’zing.
Yorug’ manzillarga yetakla meni,
Yorug’ yo’ldoshim bo’l, hamroh bo’l o’zing.
Seningsiz mukammal emas bu olam,
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom.

Seningsiz mukammal emas bu olam,
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom.

O’zbek degan nom, o’zbek degan nom,
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbek degan nom
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 10, 2015