Gulsanam Mamazoitova - Sevilmoq qoldi

Gulsanam Mamazoitova

Sevilmoq qoldi

Men seni sevdimu sevilmoq qoldi,
Majnunu devona deyilmoq qoldi. (x2)
Men ham bir zamonlar mag’rur edim oh, yor-ey,
Taslim etdi ishqing, egilmoq qoldi. (x2)
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi.

Ohusan, yuksakda saning makoning,
Pastdaman, intizor tikilmoq qoldi. (x2)
Senga bahor kabi yashnamoq taqdir,
Menga kuz singari to’kilmoq qoldi. (x2)
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi.

Vaslingga yetmoqqa choram qolmadi,
Kutishdan hech bu ko’zlarim tolmadi. (x2)
Muhabbat ne ko’yga mani solmadi,
Faqat oyog’ingga yiqilmoq qoldi. (x2)

Men seni sevdimu sevilmoq qoldi,
Majnunu devona deyilmoq qoldi.
Men ham bir zamonlar mag’rur edim oh, yor-ey,
Taslim etdi ishqing, egilmoq qoldi.

Men ham bir zamonlar mag’rur edim oh,
Taslim etdi ishqing, egilmoq qoldi.
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevilmoq qoldi
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 7, 2015