Tun menga berar azob,
Sen quyoshim, botmagin.
Shu azobda uxlasam,
Yolvoray, uyg`otmagin.

Hamma meni sotganda,
Sen ham meni sotmagin.
Tun menga berar azob,
Sen quyoshim, botmagin.

Gulga qo`lim uzatsam,
Tikanlari sanchildi.
Yarim ko`nglim yolg`ondan
Ado bo`ldi, yanchildi.

Zulmatga qo`yma meni,
Ularday sen ham endi.
Tun menga berar azob,
Sen quyoshim, botmagin.

Yolg`izdirman dunyoda,
Mening sirdoshim yo`qdir.
Yorning har yolg`oniga
Chidar bardoshim yo`qdir.

Endi mening ko`ksimda
Yonar quyoshim yo`qdir.

Tun menga berar azob,
Sen quyoshim, botmagin.
Shu azobda uxlasam,
Yolvoray, uyg`otmagin.

Qaro tunlar qahrini
Kim ham bilar mendayin?
Yolg`on vafo zahrini
Kim ham bilar mendayin?

Sening hech botmasliging
Kim ham tilar mendayin?
Tun menga berar azob,
Sen quyoshim, botmagin.

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tun
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 1, 2016