Gulsanam Mamazoitova - Xayolim olib ketdi

Gulsanam Mamazoitova

Xayolim olib ketdi

Suyganim izhor aylab ishqini,
Xayolim olib ketdi-ey,
So`ng tortib, yana kulib asta u
Ro`molim olib ketdi-ey.

Ko`ksimda tumor edi yuragim,
Tumorim olib ketdi-ey,
Jonima qo`shib orzu-tilagim,
Bezorim olib ketdi-ey.

Ko`ksimda tumor edi yuragim,
Tumorim olib ketdi-ey,
Jonima qo`shib orzu-tilagim,
Xayolim olib ketdi-ey.

Ro`molim olib ketdi-ey,
Xayolim olib ketdi-ey.
Ro`molim olib ketdi-ey,
Jonima qo`shib boru yo`g`imni
Bezorim olib ketdi-ey.

Avval o`ziga rom aylab,
Ko`nglimni beorom aylab, (x2)
Kunduzlarimni yana shom aylab,
Nahorim olib ketdi-ey. (x2)
Bezorim olib ketdi-ey.

Xayolim olib ketdi-ey,
Ro`molim olib ketdi-ey,
Jonima qo`shib boru yo`g`imni
Bezorim olib ketdi-ey.

Asli vafoning yo`lidaman,
Ammo jafoning qo`lidaman, (x2)
Yorni deb hijron cho`lidaman,
Gulzorim olib ketdi-ey. (x2)
Bezorim olib ketdi-ey.

Xayolim olib ketdi-ey,
Ro`molim olib ketdi-ey,
Jonima qo`shib boru yo`g`imni
Bezorim olib ketdi-ey.

So`ng tortib, yana kulib asta u
Ro`molim olib ketdi-ey.
Ro`molga qo`shib orzu tilagim,
Xayolim olib ketdi-ey,
Bezorim olib ketdi-ey.

Xayolim olib ketdi-ey,
Ro`molim olib ketdi-ey,
Jonima qo`shib boru yo`g`imni
Bezorim olib ketdi-ey. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayolim olib ketdi
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 12, 2016