Hadicha Qurbonova - Aziz diyorim qo'shiq matni, lyrics

Hadicha Qurbonova

Aziz diyorim

Olamda tanho yurtim o`zingsan,
Boshimda nurli samo, sen baxtimdirsan.
Mening yoshligim, mening sevgim,
Eng go`zal orzularim, quvonchim sensan.

Tuprog`i oltin, qushlar sayragan gulzorim,
Bag`ri butunim, dunyo ichra betakrorim.
Ishongan tog`im, osmonlarga yetgan tog`im,
Mening vatanim, keng quloch yozgan chinorim.

Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim,
Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim.
Aziz diyorim, sen buyugim, beg`uborim,
Sensan yuragim, eng yaqinim, mehribonim.

Eng go`zal navo, qo`shig`im sensan,
Go`yo mehringdan sado, mening qalbimsan.
Bag`ringda yursam, yo`qdir armonim,
Ko`ngildagi g`ururim, sen shodligimsan.

Tuprog`i oltin, qushlar sayragan gulzorim,
Bag`ri butunim, dunyo ichra betakrorim.
Ishongan tog`im, osmonlarga yetgan tog`im,
Mening vatanim, keng quloch yozgan chinorim.

Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim,
Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim.
Aziz diyorim, sen buyugim, beg`uborim,
Sensan yuragim, eng yaqinim, mehribonim. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aziz diyorim
Xonanda:
Hadicha Qurbonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 15, 2018