Visolingni izlab, yoningga borsam,
Diling eshigini menga ochasanmu, yora?
Halovatim usha hur nazaringda,
Yana bir bora siylaysanmu, yora?

Manga nasiba etma firoqni,
Alamda qolaman, yonaman, ketma.
Orazi nuring – oftobim,
Dilimga yo`latma soya, ketma.

Bedoringman,
Kecha-kunduz mehribon yoring. (x2)

Visolingni izlab, yoningga borsam,
Diling eshigini menga ochasanmu, yora?
Halovatim usha hur nazaringda,
Yana bir bora siylaysanmu, yora?

Manga nasiba etma firoqni,
Alamda qolaman, yonaman, ketma.
Orazi nuring – oftobim,
Dilimga yo`latma soya, ketma.

Bedoringman,
Kecha-kunduz mehribon yoring. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bedoring
Xonanda:
Hadicha Qurbonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 8, 2017