Tonggi shabnamlar guvohim,
Rashq-u alamlar guvohim –
Seni deb uyg`onaman,
Seni deb uyg`onaman.

Habibi yo`q habibingman,
Tabibi yo`q tabibingman.
Har ko`rib ming yonaman,
Har ko`rib ming yonaman.

Ko`zlaring och, jonim ko`zlaring och,
Senga muhtoj, qalbim senga muhtoj.

Mani de, mani de jonim,
Mani-mani de jonim, faqat mani de jonim.
Mani de, mani de jonim,
Mani-mani de jonim, abad mani de jonim.

Bahorlarim xazon etma,
Sevsang agar gumon etma,
Bor boyligim sen, ishon,
Bor boyligim sen, ishon.

Baxsh etay qolgan umrimni,
Yuragim, ko`zda nurimni,
Baxtimizga ber imkon,
Baxtimizga ber imkon.

Ko`zlaring och, jonim ko`zlaring och,
Senga muhtoj, qalbim senga muhtoj.

Mani de, mani de jonim,
Mani-mani de jonim, faqat mani de jonim.
Mani de, mani de jonim,
Mani-mani de jonim, abad mani de jonim. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mani de
Xonanda:
Hadicha Qurbonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 7, 2017