• Hayrulla Lutfullayev - O'tma nomard ko'prigidan

    Hayrulla Lutfullayev

    O`tma nomard ko`prigidan

    O`tma nomard ko`prigidan,
    Soylar to`lib oqqanda ham. (x2)
    Joy bermagin uy to`ringdan,
    Nomard eshik qoqqanda ham. (x2)

    Oriyating saqla mudom,
    Molu davlat ketganda ham. (x2)
    Olmagin nomard degan nom,
    Tandan joning chiqqanda ham. (x2)

    Maslahatni marddan so`ra,
    Ishlaring gar bitganda ham. (x2)
    Ojizlarga hamroh bo`lma,
    Ummonlarda cho`kkanda ham. (x2)

    Nodo`stlar senga achinmas,
    Ingrama dard bukkanda ham.
    Uzmagin yerdan oyog`ing,
    Boshing ko`kka yetganda ham.

    Ochma siring o`zgalarga,
    Diling siyoh bo`lganda ham.
    Inonma maqtov so`zlarga,
    Garchi senga yoqqanda ham.

    Inonma maqtov so`zlarga,
    Garchi senga yoqqanda ham.

    O`tma nomard ko`prigidan,
    Soylar to`lib oqqanda ham. {x2}