Kel deding, ey, ishqtalab, bo’stoningda adashdim,
Yoz deding ko’ngil g’amin, dostoningda adashdim.

Uch deding, bog’la qanot ko’kda maloyiklar bilan,
Oh dedim, ovora bo’ldim, osmoningda adashdim.
Kel deding, ey, ishqtalab, bo’stoningda adashdim.

Bas deding, hijron toshin daryoga ot, dunyoga ot,
Voh dedim, cho’kdim basar, ummoningda adashdim. (x2)

Kel deding, ey, ishqtalab, bo’stoningda adashdim,
Yoz deding ko’ngil g’amin, dostoningda adashdim.

Qol deding kulbam aro, ko’nglim yaro, baxtim qaro,
Yohu dedim, qaytmas umr, karvoningda adashdim.

Shu deding, ey, Farida, dunyo o’zi charxi falak,
Yo’q dedim, yo’q-yo’q dedim, yolg’oningda adashdim. (x2)

Kel deding, ey, ishqtalab, bo’stoningda adashdim,
Yoz deding ko’ngil g’amin, dostoningda adashdim.

Shu deding, ey, farid dunyo o’zi charxi, ey falak,
Yo’q dedim, yo’q-yo’q dedim, yolg’oningda adashdim.

Bo’stoningda adashdim, osmoningda adashdim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Adashdim
Xonanda:
Hilola Hamidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 27, 2014