Hilola Hamidova - Bahor kelsa

Hilola Hamidova

Bahor kelsa

Bahor kelsa, gul bo’ladi bu tog’lar,
Bulbullardan egiladi butoqlar.
Bahor bo’yi adirlarni kutganda,
Jannatda ham topilmaydi bu chog’lar-ey, bu chog’lar. {x2}

Bahor keldi, chaman bo’ldi gullarim,
Chaman bo’ldi yolg’izoyoq yo’llarim.
Jilg’alardek, yilg’alardek yugurib,
Yeldek yeldi yolg’izoyoq yo’llarim-ey, yo’llarim. {x2}

Qaydan qayga yugurasan, yelasan?
Yiroqlardan nelar olib kelasan?
Bolaligim, qaysarligim, sho’xligim,
Ne kunlarni boshginamga solasan-ey, o’rgilay? {x2}

O-o, uyim yolg’izoyoq yo’lning boshida,
Qahri qattiq o’xshar tog’lar toshiga.
Pinhon-pinhon yetaklaydi qaylarga?
Tashnamidi ko’zginamning yoshiga-ey, yoshiga? {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bahor kelsa
Xonanda:
Hilola Hamidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 8, 2015