Bulbul, mening bog`imga guzor et,
Gullar to`la bog`imda qaror et. (x2)
Kelsang yuragimda gullar ungay, {x2}
Sayrabon xazonimni bahor et. {x2}

Gul bargini yo`lingga to`shay men,
Sen ham menga bir qo`shiq nisor et. (x2)
Kuylasang kuyingga ko`ngil o`ynar, {x2}
Dil rishtasini toringga tor et. {x2}

Bulbul, mening bog`imga guzor et,
Gullar to`la bog`imda qaror et. (x2)

Nolalar qilib boqma o`zgaga,
Sayrasang o`zimga e’tibor et. (x2)
Nohas demagil himmatim baland, {x2}
O`yna-o`yna bog`imni bozor et. {x2}

Bulbul, mening bog`imga guzor et,
Gullar to`la bog`imda qaror et. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bulbul
Xonanda:
Hilola Hamidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 4, 2017