Hilola Hamidova - Durracham

Hilola Hamidova

Durracham

Kokilimning atrini olib qochdi shabboda,
Sizga eltaman dedi, bo`lma desam ovora. (x2)
Rayhon yaprog`in yuvib ariqdan suv oqadi,
Menga sizning jilmayib turishingiz yoqadi. {x2}

Durrachamni dol qo`yib, yanog`imga xol qo`yib,
Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib?

Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib? {x2}

Husnim yashnab ketdimi, gulda nozu menda noz,
Ertalabdan erkalab, sevging qildirar pardoz. (x2)
Rayhon yaprog`in yuvib ariqdan suv oqadi,
Menga sizning jilmayib turishingiz yoqadi. {x2}

Durrachamni dol qo`yib, yanog`imga xol qo`yib,
Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib?
Durrachamni dol qo`yib, yanog`imga xol qo`yib,
Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib? {x2}

Sevgi – bu bozordagi kishmishu novvot emas,
Bu shirin dard taftidan hech yurak ozod emas.
Mehri bor dillar go`zal, siz bergan gullar go`zal, {x2}
Bir birimizga atab asragan so`zlar go`zal.

Durrachamni dol qo`yib, yanog`imga xol qo`yib,
Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib?
Durrachamni dol qo`yib, yanog`imga xol qo`yib,
Kuylamasdan ne qilay, yuragim tursa kuyib? {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Durracham
Xonanda:
Hilola Hamidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 13, 2016