• Hilola Hamidova va Surxon guruhi - Hur O'zbekiston

    Hilola Hamidova, Surxon guruhi

    Hur O’zbekiston

    Dunyoni lol etadi bu diyor,
    Tarixidir dillarda iftixor.
    Muqaddas vatanda topgaydir
    Har inson e’zozu e’tibor,
    Har inson azizu baxtiyor.

    Tobora yuksaladi bu makon,
    Hech kimdan kam bo’lmas hech qachon.
    Barkamol avlodlari navnihol,
    Bog’boni donishmand, bog’i bo’ston.
    Gullagay, yashnagay begumon.

    Andijon, Buxoro, Guliston,
    Jizzaxu Navoiy, Namangan.
    Samarqand, Xiva, Qarshi, Surxon,
    Farg’ona, Qoraqalpog’iston.
    Poytaxtimiz Toshkent jonajon,
    Barchasi bir hur O’zbekiston.

    Nurafshon osmoni musaffo,
    Bag’rida yangragay kuy-navo.
    To’rt fasli tarovat ulashgay,
    Tuprog’i ko’zlarga to’tiyo.
    Chiroyiga barcha mahliyo.

    Andijon, Buxoro, Guliston,
    Jizzaxu Navoiy, Namangan.
    Samarqand, Xiva, Qarshi, Surxon,
    Farg’ona, Qoraqalpog’iston.
    Poytaxtimiz Toshkent jonajon,
    Barchasi bir hur O’zbekiston.

    Tabarrukdir bobolar maskani,
    Avliyoyu daholar maskani.
    Olamga ezgulik taratgay,
    Ma’rifatu ziyolar maskani.
    Ahillikka chorlagay hammani.

    Andijon, Buxoro, Guliston,
    Jizzaxu Navoiy, Namangan.
    Samarqand, Xiva, Qarshi, Surxon,
    Farg’ona, Qoraqalpog’iston.
    Poytaxtimiz Toshkent jonajon,
    Barchasi bir hur O’zbekiston. (x2)