• Yomg`ir edim – bor ekanda tinishlar,
    Mag`rur edim – boshim egdi sinishlar,
    Yo`qlamadi meni tanish-bilishlar,

    Bunday kunda otang sarbon bo`larkan,
    G`amlar egsa, onang darmon bo`larkan. x2

    Abad dedim omadimning qoyalarin,
    Tark etmas deb baxt-u, iqbol soyalarin,
    Gulni suyib, suymabmanda poyalarin,

    Tosh otsalar, otang qalqon bo`larkan,
    G`amlar egsa, onang darmon bo`larkan. (x2)

    Onajon, onajon, onajon,
    Baxtimga bor bo`ling, onajon.
    Otajon, otajon, otajon,
    Davlatpanohimsiz, otajon.

    Onajon, onajon, onajon,
    Baxtimiz ko`rib yuring, onajon.
    Otajon, otajon, otajon,
    Davlatpanohimsiz, otajon.

    Do`stlar topdim – go`yo tikanga o`xshar,
    Soxta gulin to`kib, bag`ringni o`rtar.
    Davring o`tsa, shu zamon tashlab ketar-ey,
    Shunda faqat otang qalqon bo`larkan.

    Ular uchun ne qilolding, ayt ne naf?
    Berolganing dardlar, tashvishlar bir saf.
    Umr o`tar, g`animat bil ey Sadaf,
    Sen dard cheksang, otang g`amnok bo`larkan,
    Har dardingga onang darmon bo`larkan.

    Onajon, onajon, onajon,
    Baxtimga sog` bo`ling, onajon.
    Otajon, otajon, otajon,
    Mehribon soyabonimsiz, otajon.

    Onajon, onajon, onajon,
    Baxtimga bor bo`ling, onajon.
    Otajon, otajon, otajon,
    Davlatpanohimsiz, otajon.

    To kutguncha begonaning yo`llarini,
    Tavof etgin otang-onang poylarini.
    Topasanmi baxsh etgan yil, oylarini?
    Butun umr tashvishingda o`tarkan,
    Faqat ota-onang darmon bo`larkan.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.