Hilola Hamidova - Sog'indim

Hilola Hamidova

Sog’indim

Sog`indim oh yomonda, yuribsan qay tomonda?
Erkalab aldashingga yurak zor shu zamonda.
Sog`indim oh yomonda, xayolim sen tomonda,

Bir qarashda, jonginam, yuragimdan urgansan,
Qayga borsam, izimni sirtdan poylab yurgansan.
Bildirib sevganingni, telbadek yonganingni,
Ishontirib voy mani, jonim rom aylagansan.

Sog`indim oh yomonda, yuribsan qay tomonda?
Erkalab aldashingga yurak zor shu zamonda.
Sog`indim oh yomonda, xayolim sen tomonda,
Erkalab aldashingga yurak zor shu zamonda.

Adashar so`zlarim ham, qamashar ko`zlarim ham,
Telbaga aylantirgan, jonim, faqat o`zingsan.
Dardimning boshisan, ko`zlarim yoshisan,
Oshiqlarning ichida, jonim, bag`ritoshisan.

Sog`indim oh yomonda, yuribsan qay tomonda?
Erkalab aldashingga yurak zor shu zamonda.
Sog`indim oh yomonda, xayolim sen tomonda,
Erkalab aldashingga yurak zor shu zamonda. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’indim
Xonanda:
Hilola Hamidova
Muallif:
Bahodir Nizomov
Bastakor:
Bahodir Nizomov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 18, 2016