• Hojiakbar Haydarov - Biri sensan

    Hojiakbar Haydarov

    Biri sensan

    Tun bilan kunduz bor,
    Biri sensan, biri men.
    Sohil-u dengiz bor,
    Biri sensan, biri men. (x2)

    Yondi dilim, kuymoqda qara,
    Sevgidan bu ko`ngil yara,
    U kunlar bo`ldi xotira,
    Ishqimiz bo`ldi xotira.

    Sen ko`kda oy, men bir g`arib,
    Men bemorman, sen-chi tabib.
    Biri sensan, biri men!

    Sen sog`inch, men to`zon,
    Sen baxtdirsan, men armon.
    Farishtasan, men gumon,
    Biri sensan, biri men.

    Men tikanman, sen gulsan,
    Men tuproqman, sen dursan.
    Yetolmagan xursan,
    Biri sensan, biri men.

    Yondi dil, kuymoqda qara,
    Sevgidan bu ko`ngil yara,
    U kunlar bo`ldi xotira,
    Ishqimiz bo`ldi xotira.

    Sen ko`kda oy, men bir g`arib,
    Men bemorman, sen-chi tabib.
    Biri sensan, biri men!

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.