Hojiakbar Haydarov – Yuragimni yo'lbarslarga yediraman

Hojiakbar Haydarov

Yuragimni yo’lbarslarga yediraman

Suluvlardan suluv bir qiz sochin silar,
Mening esa ko`zlarimdan yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg`onchilar,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

Ajib dunyo, bu qizlaring buncha go`zal?
Qarab tursam, tilla kokil, kulcha go`zal.
Qancha go`zal bo`lsa, aldar shuncha go`zal,
O`, yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

Kimni suysam, suyganidan kuygan ko`nglim,
Ko`z o`ngimda bo`laqolsin tilim-tilim.
Qaro bo`lsin muhabbatsiz o`tgan kunim,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

Ajib dunyo, bu qizlaring buncha go`zal?
Qarab tursam, tilla kokil, kulcha go`zal.
Qancha go`zal bo`lsa, aldar shuncha go`zal,
O`, yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

Yuragimni yo`lbarslarga yediraman…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuragimni yo’lbarslarga yediraman
Xonanda:
Hojiakbar Haydarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2017