• Hosila Rahimova - Arazlagan kun qo'shiq matni, lyrics

    Hosila Rahimova

    Arazlagan kun

    Rashk qilaman, qizg`onaman,
    Araz qilib to`lg`onaman.
    Alamlarga cho`lg`onaman.
    Ey, ozorlarga to`lar dilim,
    Qalbim bo`lar tilim-tilim,
    Zulmat bo`lar yurgan yo`lim.

    Yurakkinam bo`ladi xun,
    Sizdan arazlagan kun. (x4)

    Dil dardini birov bilmas,
    Yuzim kular, dilim kulmas,
    Kipriklarim orom olmas.
    Keng dunyolar bo`ladi tor,
    Agar bersam sizga ozor,
    Bir ko`rishga bo`larman zor.

    Yurakkinam bo`ladi xun,
    Sizdan arazlagan kun. (x4)

    Ishq yuzidan o`tolmayman
    Yoki undan kecholmayman,
    O`zimni ham kechirolmayman.
    Keng dunyolar bo`ladi tor,
    Agar bersam sizga ozor,
    Bir ko`rishga bo`larman zor.

    Yurakkinam bo`ladi xun,
    Sizdan arazlagan kun. (x4+x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.