Hosila Rahimova - Chanqovuz

Hosila Rahimova

Chanqovuz

Chanqovuzim, biyu-biyu,
Chaqirganda kel endi,
Ko`ngilga bir gap bo`ldi-yo,
Ishqibozim sen endi.

Qiya-qiya yo`llaringiz
Qiyalablar borarman,
Manzilingiz yiroq bo`lsa,
Peshonamdan ko`rarman.

O`jar edim bir o`jarga
O`lja bo`lib qoldim-a,
Dilda qolgan dardlarimni
Chanqovuzda choldim-a. (x2)

Chanqovuzim, biyu-biyu,
Chaqirganda kel endi,
Ko`ngilga bir gap bo`ldi-yo,
Ishqibozim sen endi. (x2)

Xora dilim tilim-tilim,
Azoblaring qamchilar,
Yuragimda ungan gulim,
Tikonlaring sanchilar.

Har ko`yingga solaverding,
Dil dutoring sozmidi,
Sen xayolim olaverding,
Layliligim ozmidi? (x2)

Chanqovuzim, biyu-biyu,
Chaqirganda kel endi,
Ko`ngilga bir gap bo`ldi-yo,
Ishqibozim sen endi. (x2)

Chanqovuzim, biyu-biyu…
Ko`ngilga bir gap bo`ldi-yo… (x2)

Chanqovuzim, biyu-biyu,
Chaqirganda kel endi,
Ko`ngilga bir gap bo`ldi-yo,
Ishqibozim sen endi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chanqovuz
Xonanda:
Hosila Rahimova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 3, 2016